Toshkentda 49 yoshli bemorning qanchalik qiynalayotgani namoyish qilindi (video)

Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro ikki nafar farzandini to‘rt kun ichida ketma-ket o‘tkazgan nikoh to‘yi sabab ham kelin, ham 12 nafar marosim ishtirokchisi ushbu infeksiyaga chalingani, ayni paytda ko‘plab odamlar ushbu infeksiyani yuqtirib olganlikda gumon qilinib, tahlil natijalarini kutayotgani ma’lum qilingandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosa o‘rnida shu kunlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida koronavirusga chalingan 49 yoshli bemorni nafas yetishmovchiligidan qanchalik qiynalayotganligi haqidagi 10 soniyalik video lavhani havola qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter