Toshkentda 38 yoshli ayol bedarak yo‘qoldi
1985-yilda tug‘ilgan Odilova Dilbar G‘afforovna 2023-yilning 26-iyul kuni Yakkasaroy tumani Boshliq mavzesidagi uyidan chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, ko‘zlari qora, sochlari uzun qora rangda, yuzida sepkili bor.
Egnida: oq-qora rangdagi futbolka, qora shim, oyog‘ida shippak bo‘lgan.
«Hurmatli fuqarolar! Ushbu shaxsning qayerda ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki 71-206-83-00, 98-364-92-22, 91-991-02-05, 97-404-21-12 va 102 raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter