36 yoshli «shumaxer»ning avtomobili jarima maydoniga joylashtirildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida «Lacetti» rusumli transport vositasi haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat nazoratga olingani va qoidabuzar jazolangani yuzasidan poytaxt IIBB YHXB rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24-avgust kuni taxminan soat 22:20 larda 1986-yilda tug‘ilgan J.M. «Lacetti» rusumli davlat raqami 01M 701 CA bo‘lgan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlangan.
Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan MJtKning 128-5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Shuningdek, to‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter