Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 3 yashar bolani o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs qamoqqa olindi

Toshkentda 3 yashar bolani o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs qamoqqa olindi

Foto: «Xabar.uz»

Yashnobod tumanida 3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan 30 yoshli erkak ushlangani xabar qilingandi.

Holat bo‘yicha Oliy sud matbuot xizmati qo‘shimcha axborot berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi S. M.ga (erkak, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, oilali, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan, ishsiz) nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomalari taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.

Sudning 2024 yil 10 iyuldagi ajrimlari bilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish belgilandi, deyiladi rasmiy axborotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring