Toshkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga o‘zboshimchalik bilan zarar yetkazildi
Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda hozirga qadar foydalanib kelinayotgan arxitektura yodgorliklarining ahvoli Toshkent shahrida o‘rganilgan.
Poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolarning 167 tasi tashkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda, deyiladi xabarda.
O‘rganishlar foydalanuvchilar tomonidan ob’yektlardan noto‘g‘ri foydalanish va zarar yetkazish holatlari mavjudligini ko‘rsatgan.
Jumladan, o‘zboshimchalik bilan 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona konditsioner hamda 20 ta ob’yektga 36 ta soyabon va banner o‘rnatilgan.
Masalan, davlat muhofazasiga olingan Toshkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta, Fanlar akademiyasiga 49 ta yoki Transport universitetiga 98 ta konditsioner o‘rnatilgan.
Nazorat tadbirlarida 21 ta ob’yektdagi qonun buzilishi holatlari foydalanuvchilarning o‘zi tomonidan bartaraf etilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, 25 ta ob’yekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi, deya ta’kidlanadi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter