Toshkentda 21 yoshli «Malibu 2» haydovchisi odam urib yubordi

Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida «Malibu 2» rusumli avtomobil yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib bordi. Natijada 74 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. u haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, kecha 8 avgust kuni soat 23.50 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi 1-uy qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan Sh.G‘. davlat raqami belgisi 01 D 073 VB bo‘lgan «Malibu 2» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda 1949 yilda tug‘ilgan M.H.ni urib yuborgan.
Buning natijasida 74 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter