Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 2 milliard so‘mni o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda 2 milliard so‘mni o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Foto: Tergov departamenti

2020-yiling 15-avgust kuni soat 21:30 dan 16-avgust kuni soat 17:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar MChJ binosining tashqi derazasi, shuningdek, moddiy boyliklar saqlanadigan ombor eshigi va temir panjaralarini buzib kirib, temir seyfning qulfini temir kesish uskunasi yordamida kesib, seyfning ichida hamda hisobchilar xonasida bir necha sumkalarga solingan 2 milliard so‘mdan ko‘proq naqd pullarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni davlat raqamlari yechib olingan, oq rangli «Lacetti» rusumli avtomashinasida kelgan 6 nafar fuqaro sodir etgani ayon bo‘lgan.

Tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatga aloqador yana ikki nafar shaxs aniqlangan, ular oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib bu qilmishni sodir etishgan.

Qo‘lga olinganlarning barchasining shaxsi aniqlandi. Hozirda jinoyatchilar JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlab turilibdi. O‘g‘irlangan pullar tergov jarayonida ashyoviy dalillar tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring