Toshkentda 1,1 mlrd. so‘mlik gaz o‘g‘irligi oshkor bo‘ldi
Yunusobod tumanida 1,1 mlrd. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxonalar fosh etildi, deya xabar bermoqda Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi, DXXning Toshkent shahar boshqarmasi va «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar E.A., U.K. va boshqalar «Sharq haqiqati» MFY hududidagi 2 ta xonadonda tashkil etilgan issiqxonalarni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter