Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo‘ydi
Toshkent shahri Mirobod tumanidagi maktablarning birida 11-sinf o‘quvchisi kelishmovchilik sabab o‘z sinfdoshini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, kecha 11 mart kuni taxminan soat 14.00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchilari: 2006 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2005 yilda tug‘ilgan O.J., shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro og‘zaki gap talashib qolgan. Shundan so‘ng, voyaga yetmagan 2006 yilda tug‘ilgan T.A. ushbu kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qilish o‘rniga, o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan 2005 yilda tug‘ilgan O.J. ni bel sohasiga bir marotaba urgan. Natijada, O.J. tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter