Toshkentda 100 kishini chuv tushirgan soxta tadbirkorlar hibsga olindi (video)
Toshkent shahrida orzu xavaslar bilan yig‘ib-terganiga avtoulov sotib olishni niyat qilgan 100 nafar yurtdoshimizning soddaligidan foydalangan soxta tadbirkolar jinoyi guruhi qo‘lga olindi.
Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazining «Darakchi»ga ma’lum qilishicha, 6 oy davomida faoliyat yuritgan «Jasmin biznes», Praym Invest lizing» va «Praym avto lizing» MChJlar aslida mijozlarga avtomashina yetkazib berish bo‘yicha JM O‘zbekiston OAJ bilan hech qanday shartnomaga ega bo‘lishmagan. Puxta o‘ylangan reja asosida faoliyat olib borgan ustamon lizing kompaniyasi direktori Akmal To‘laganov hech qanday hujjatlarga qo‘l quymaslik maqsadida yosh qizlarni ishga olib ulardan o‘zining g‘arazli rejasi yo‘lida foydalangan.
Soxta lizingchilar ko‘rsatilgan muddatda o‘z mashinasini talab qilib kelgan ayrim mijozlarga boshqa firmalardan ijaraga olingan avtomobillarni berib, ularni vaqtinchalik tinchlantirib turishgan.
«Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan fuqarolardan lizing shartnomalar asosida qabul qilingan komission to‘lovlar, shuningdek, firmaning bankdagi hisob raqamiga tushirilgan pullar turli yo‘llar bilan o‘zlashtirib, fuqarolarga jami 2 mld 21 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan», - deydi Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchisi O‘tkir Chinaliyev.
Uyushgan jinoyin guruhning 3 nafar a’zosi hibsga olingan. Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha degan maqolni ushbu firma egalari anglab yetmagan ko‘rinadi. Chunki o‘z qilmishlarining misi chiqishi yoki o‘zganing xaqqini osongina hazm qilish mukin emasligini vaqtida anglashganda bugun panjara ortida o‘tirmagan bo‘lar edi. Firibgar lizingchilarning keyingi taqdirini esa sud hal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter