Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida egasiz jomadonlar sotilayotgani rad etildi

Toshkent xalqaro aeroportida egasiz jomadonlar sotilayotgani rad etildi

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog‘liq xayriya aksiyasi o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot rad etildi.

«Uzbekistan Airports» ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aeroportlarining birortasi, shuningdek, , «UzCargo» va «Uzbekistan Airports Handling» MChJlari tomonidan yo‘lovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi.

«Barcha yo‘qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizatsiya qilinadi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring