Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida bir muddat chiroq o‘chib qoldi

Toshkent xalqaro aeroportida bir muddat chiroq o‘chib qoldi

Toshkent xalqaro aeroportida 27 avgust, yakshanba kuni soat 22:09 da shaharning «Qo‘yliq» podstansiyasida sodir bo‘lgan avariya tufayli elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir necha soniya ichida zaxira manbalari hisobiga parvozlarni ta’minlovchi ob’yektlar — uchish-qo‘nish yo‘laklari, havo harakatini boshqarish moslamalari, radionavigatsiya uskunalari quvvati tiklangan.

«Shu tufayli poytaxt aeroportida reyslar kechikishi kuzatilmadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, mahalliy aviakompaniyalarning uchib kelish terminali va ichki avialiniya terminali ham zudlik bilan zaxira manbalariga o‘tkazilgan. 15 daqiqa ichida — soat 22:24 da xalqaro aviakompaniyalarning uchib ketish terminalida elektr ta’minoti tiklangan.

«Soat 22:40 da Qo‘yliq shahar podstansiyasida yuz bergan avariya bartaraf etilib, poytaxt aeroportida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring