Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi ayrim avtomobil yo‘llari 4 kunga yopiladi

Toshkent viloyatidagi ayrim avtomobil yo‘llari 4 kunga yopiladi

Velosportning shosse turi bo‘yicha «Oqtosh-Chorbog‘ Mountain» xalqaro musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 10-11-13-14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga kadar Toshkent viloyatining Bostonlik va Yuqori Chirchiq tumanlaridan otgan avtomobil yo‘llari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Quyidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi:

— 10 may kuni Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4P10 «Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 80-70 kilometri (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi) oralig‘ida;

— 11 may kuni Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 54-kilometridan (G‘azalkent shahriga kirish) 75-kilometrigacha («Bochka» ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l, 4P6 «Toshkent shahar - Chirchiq shahar – Chimyon» avtomobil yo‘lining 52-kilometridan (G‘azalkent futbol o‘yingohi) 56-kilometr (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) oraliqlari, shuningdek, 4P10 «Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi va «Eski bochka» oraliqlari);

— 13 may kuni Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir - Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 34-kilometridan (Chirchiq shahriga kirish ko‘prigi) 54-kilometriga (G‘azalkent shahriga kirish) qadar;

— 14 may kuni Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 17-kilometridan (Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofi) 75-kilometrigacha («Bochka» ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l, 4P6 «Toshkent shahar - Chirchiq shahar – Chimyon» avtomobil yo‘lining 56-kilometridan (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) 72-kilometrigacha (Amirsoy dam olish maskani) bo‘lgan yo‘l oraliqlari, shuningdek, 4P10 «Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi va «Eski bochka» oraliqlari)da transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring