Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlangan yana bir yirik marafon o‘tkazildi

Toshkent viloyatida «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlangan yana bir yirik marafon o‘tkazildi

Kecha, 14-mart kuni Bekobod tumanida tuman hokimligi, tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda «Yoshlar ittifoqi» tuman kengashi hamkorligida «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlangan «Yugurish marafoni» o‘tkazildi.

Marafonda 400 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 19-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Samandar Xoliqov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Undan so‘ng so‘ng marraga yetib kelgan Jahongir Abdullayev va Azamat Jonmirzayevlar ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qayd etishdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa 52-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Nihola Bahromova birinchi, 8-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Zokirova Safura ikkinchi hamda 52-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ro‘zigul Ro‘zimurodova uchinchi pog‘onani egallashdi.

Marofon so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga homiylarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring