Toshkent viloyatida jazirama issiqda hashar o‘tkazilishiga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqda «Ohangaron tumani hokimi A-373 trassasida yalpi hashar o‘tkazmoqda» sarlavhasi ostida material e’lon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktyabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan «Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom ijrosi yuzasidan vaqtinchalik tashkil etilgan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishlagan fuqarolarga tegishli tartibda oylik ish haqlari to‘lab beriladi.
Tasvirlardagi fuqarolarning aksariyati obodonlashtirish xodimlari bo‘lib, ular mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda, ish kunida o‘z vazifalarini bajarmoqda.
Shuningdek, ish hajmi kattaligi bois hashar yo‘li orqali viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan jamoat ishchilari ham vaqtinchalik ishga ixtiyoriy jalb qilingan. Ularning ham ish haqlari belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter