Toshkent viloyatida inspektor pichoqlandi
Joriy yilning 19 iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i, davlat inspektori M.F. xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida pichoqlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ayni vaqtda inspektor operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.
Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter