Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Toshkent viloyatida brakonerlar ekologiya inspektorlariga hujum qilib, ularni suvga cho‘ktirmoqchi bo‘ldi.
Xabar berishlaricha, 29 aprel kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Sirdaryo suv havzasi hududiy boshqarmasi inspektorlari hududda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Shunday holatlardan birida inspektorlar brakonerlar hujumiga uchragan.
Inspektorlar Sirdaryo daryosining Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi hududida o‘tkazilgan reyd chog‘ida noma’lum fuqarolar tomonidan baliq ovlash uchun to‘r va motorli qayiq yordamida noqonuniy baliq ovlash fakti aniqlagan. Bu holatga chek qo‘yish maqsadida Sirdaryo suv havzasi filiali boshlig‘i D.Zohidov va bosh davlat inspektori T.Bo‘riyevlar qoidabuzarlarning yoniga motorli qayiqda borishgan.
Brakonerlar inspektorlarni cho‘ktirish uchun rezina qayiqni yoqib yuborishgan. Biroq bunday vaziyatda o‘zini qanday tutishni bilgan inspektorlar daryo bo‘yiga suzib ketishgan. Buni ko‘rgan huquqbuzarlar voqea joyidan qochib ketishdi, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter