Toshkent viloyatida 15 yoshli qizni zo‘rlashda gumondor shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 15 yoshli qiz zo‘rlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter