Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muddat berildi — Prezident

Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muddat berildi — Prezident

Arxiv foto.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinmoqda.

«Xabar.uz» muxbiri ma’lum qilishicha, davlat rahbari dastur amalga oshirilishi natijasida nafaqat yo‘l yoki mahalla qiyofasi yaxshilanishi, balki aholi daromadi oshishi lozimligini ham ta’kidlab o‘tdi.

— «Obod qishloq» va «Obod mahalla» deganda nafaqat ularning yo‘llari yoki mahallaning qiyofasi yaxshilanishi, balki aholining daromadi ko‘payishi, ijtimoiy soha ob’yektlari to‘liq ishlashi, bir so‘z bilan aytganda, tanlangan mahalla har tomonlama obod bo‘lishi kerak.

Eng asosiysi, haqiqiy obod mahallada «temir daftar», «ayollar» va «yoshlar» daftarlari bo‘lmasligi lozim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dasturni amalga oshirish uchun loyihalarni ishlab chiqishda qishloq va mahalla aholisi hamda tadbirkorlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish, ular ishtirokini ta’minlash, obodonchilik bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish ob’yektlarini barpo etish zarurligi prezident tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

— «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari «bir martalik ish»ga aylanib qolmasligi, qilingan har bir so‘m investitsiya, odamlarimizga uch baravar ko‘p foyda keltirishi, ularning daromadini oshirishi lozim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Afsuski, hamma rahbarlar ham bu masalalarni tushunib yetmayapti. Prezident bu borada shunday dedi:

Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari mahallalaridagi haqiqiy holat buning aksi ekanini ko‘rsatdi.

Shu sababli, Farg‘ona va Namangan shaharlarining 4 ta sektor rahbari ishdan olindi.

Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muddat berildi. O‘zgarish bo‘lmasa, ularga ham chora ko‘riladi. Lozim bo‘lsa, ikki oydan so‘ng shaxsan o‘zim borib Chirchiqdagi holatni o‘rganib, qaror qabul qilaman, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring