Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari o‘zgardi
Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Manbaning xabar berishicha, Sanjar Yusupov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. Shuningdek, sessiyada hokimning yana bir o‘rinbosari tayinlangani aytilgan, ammo uning ism-familiyasi va lavozimi ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, sal avval viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergandik.
Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter