Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent va Samarqandda aholi orasida kasallik aniqlandi

Toshkent va Samarqandda aholi orasida kasallik aniqlandi

2020-yil 16-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5328 (+35) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 4 nafari esa aholi orasida), 2 nafari esa Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1290 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring