Toshkent va Andijonda qariyb 400 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganlar ushlandi
Toshkent shahar Yunusobod tumani va Andijon shahrida mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi, DXX va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chingiz Aytmatov ko‘chasida yashovchi A.R. o‘z uyining yerto‘lasida 4 ta to‘plamdagi «Antminer» va «Bitmain Technologies» mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 236,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Andijon shahar bo‘limi, DXX, IIB va «O‘zenergoinspeksiya» xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Navbahor hamda Hamkorlik mahallalari hududidagi xonadonda yashovchi 2 nafar fuqaro o‘z uylarida jami 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 159,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter