Sebzorda uchta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi, jabrlanganlar bor

Toshkentda uchta avtomobil o‘zaro to‘qnashishi oqibatida ikki jarohat oldi.
YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, 19-fevral kuni Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasida, ko‘prik ustida haydovchilar:
1) 1998-yilda tug‘ilgan S.J. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli;
2) 2001-yilda tug‘ilgan K.Q boshqaruvidagi «Spark» rusumli;
3) 2001-yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi «Lada Vesta» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va zarb oqibatida «Matiz» va «Spark» rusumli avtomobillar ag‘darilgan.
YTH natijasida «Spark» rusumli avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Ayni vaqtlarda YPX xodimlari tomonidan hodisa joyida haydovchilar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter