Toshkent tibbiyot akademiyasi professori vafot etdi
Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, tibbiyot fanlari doktori Omonturdi Mirtazayev 74 yoshida vafot etdi.
Qayd etilishicha, professor Omonturdi Mirtazayev Mirtazayevich ko‘p yillar davomida sanitariya-epidemiologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlardan biri bo‘lgan.
Omonturdi Mirtazayev turli yillarda profilaktik tibbiyot sohasida faoliyat yuritib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. O‘zbekistonning yetuk epidemiolog olimlaridan hisoblangan O.Mirtazayev rahbarligi ostida O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘zbek tilida «Epidemiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma» (2003), «Harbiy epidemiologiya» (2013), «Epidemiologiya» (2016), «Epidemiologiya» (2017) darsliklar chop etildi.
«Xabar.uz» tahririyati marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter