Toshkent shahriga yangi rahbar tayinlandi
Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingandi.
Baxtiyor Rahmonov 1959-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981-yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yildan 2021-yilga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter