Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri hokimligi bo‘ysunuvidagi tashkilot vazirlikka o‘tkazildi

Toshkent shahri hokimligi bo‘ysunuvidagi tashkilot vazirlikka o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

«Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–151-son, 28.08.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari Toshkent shahri hokimligi bo‘ysunuvidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazilib, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va tumanlar bo‘limlariga aylantiriladi.

Shuningdek, qurilish faoliyati sub’yektlarining (buyurtmachi, loyihachi, pudratchi bo‘yicha) majburiy tartibdagi nazorat tadbirlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasida amalga oshiriladi.

Shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har 3 yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etiladi:

2023 yil 1 oktyabrdan:

  • loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
  • loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;
  • pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar;

2024 yil 1 yanvardan:

  • nazorat o‘lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
  • ekspert tashkilotlari ekspertlari;
  • ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari;

2024 yil 1 apreldan:

  • tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;
  • qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari.

Bunda, mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi organ funksiyasi Vazirlik huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring