Toshkent shahriga hokim tayinlandi
![Toshkent shahriga hokim tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2030236318.jpg)
Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
«Toshkent mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bu yerga rahbar qo‘yish ham osonmas. Shuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxo‘jayevni hokim vazifasini bajaruvchi sifatida 8 oydan buyon sinadik. To‘g‘risini aytish kerak, u shaharga kelib, muhitni o‘zgartirishga erishdi. Hokimlikning obro‘sini oshirdi, tadbirkorlarni o‘ziga ergashtira oldi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrining sharoitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uchun ish joyi tashkil etishni yaxshi biladi», - dedi davlatimiz rahbari.
Xalq deputatlari Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini qo‘llab-quvvatladi. So‘zga chiqqanlar yangi hokim va uning barcha o‘rinbosarlari, barcha faollar bir musht bo‘lib, poytaxtimizni jadal rivojlantirish bo‘yicha bugun belgilab berilgan vazifalarni bajarish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter