Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari aqlli agrometeorologik stansiyalarni taqdim etishdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari aqlli agrometeorologik stansiyalarni taqdim etishdi

Foto: «Inha»

Universitet professorlari Jasurbek Xo‘jayev va Sarvar Abdullayev atrof-muhitning turli parametrlarini onlayn monitoring va tahlil qilish uchun aqlli yechimlarni taqdim etdilar.

«OXUS-2» ob-havo stansiyasi atrof muhitga oid meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash, barcha ma’lumotlarni real vaqtda saqlash hamda tahlil qilish imkonini beradi. Ob-havo stansiyasi havo haroratini, nisbiy namlik, ifloslanish, tezlik va yo‘nalishini, atmosfera bosimini, tuproq namligini va hokazolarni avtomatik ravishda o‘lchaydi. Quyosh energiyasida ishlaydigan ob-havo stansiyasi atrof-muhit ma’lumotlarini to‘plab, bulutli tizim asosida fermerlar uchun ularni onlayn va oflayn ravishda namoyish etadi va SMS-xabarlar yordamida agronomlarni kasallik yoki zararkunandalarning tarqalishi to‘g‘risida xabardor qilish imkonini beradi. An’anaviy ob-havo stansiyalari modellari juda ko‘p sonli qo‘shimcha qurilmalardan iborat bulib, o‘rnatish jarayonida oshiqcha vaqt va mehnat talab qiladi.

«OXUS-2» texnologiyalari agronomlarning ishini yengillashtiradi, ish jarayonini optimallashtiradi, qishloq xo‘jaligi va boshqa tadqiqotlarning kunlik vazifalarini ancha samarali bajarishga yordam beradi. Shuningdek, ma’lumotlaridan foydalanib agronomlar tanlangan hududda kasalliklar va zararkunandalarning tarqalishini prognoz qila olishadi.

Ayni paytda oltita mahalliy standartdagi agrometeorologik stansiyalar o‘rnatilib, ishga tushirildi va joriy yil oxiriga qadar Farg‘ona vodiysi hududlarida fermerlar uchun yana 9ta agrometeorologik stansiyani o‘rnatish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring