Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv jarayoni onlayn tizimda davom etmoqda

Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv jarayoni onlayn tizimda davom etmoqda

Ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahridagi Inha universiteti ikki hafta muddatga karantinga yopildi. Bir nafar talabada koronavirus aniqlanganligi sabab deb vahima uyg‘otuvchi informatsiyalar tarqatildi. Shundan kelib chiqib shuni ma’lum qiladiki, haqiqatda joriy yilning 20-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining ikkinchi bosqich talbasi COVID -2019 virusga topshirgan test javobi ijobiy natija chiqqanligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu talabaning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli tibbiyot muassasalarida emas, uy sharoitida tibbiyot xodimlari nazoratida davolanmoqda. Talabaning holati yaxshi va o‘z uyida masofadan turib darslarda ishtirok etmoqda.

Shundan kelib chiqib ma’lum qilamizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti karantinga yopilgani yo‘q. Ehtiyot chorasi sifatida, Universitetda talabalarning faqat bitta guruhda emas, fanlar kesimida turli guruhlarda ta’lim olishlari hisobga olinib, universitetda akademik jarayon to‘la onlayn tizimga o‘tkazildi. Bu davrda hamma talabalar masofadan turib darslarda qatnashishni davom ettiradi. Universitet to‘la yopilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot hech qanday asosga ega emas.

Professor-o‘qituvchilar universitetda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalarda masofadan interfaol shaklda o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun aytish joizki, bugungi kunda Universitetda akademik jarayon to‘la onlayn tizimga o‘tkazilib o‘qitilishi o‘z samarasini ko‘rsatgan. Birgina misol qilib aytishimiz mumkinki, Toshkent shahridagi Inha universiteti 4-kurs «Logistika» yo‘nalishi talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universiteti tomonidan masofadan onlayn tartibda o‘qitilmoqda.

Universitet oxirgi bir yarim yil davomida Janubiy Koreyadagi Inha universiteti bilan hamkorlikda masofadan ta’lim berilishi sifatining an’anaviy ta’lim berish tizimi sifati darajasiga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 2020-2021-o‘quv yiliga talabalarni universitetga qabul qilish jarayoni onlayn formatda masofadan amalga oshirildi. Abituriyentlar mamlakatimizning turli hududlaridan Janubiy Koryadagi Inha universitetiti professorlari tomonidan tashkil etilgan imtihonlarda o‘z bilimlarini sinab ko‘rib, ulardan munosiblari Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi bo‘lishdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida onlayn ta’lim berish tizimining yuqori darajada ta’minlab bera oladigan maxsus platformaning yaratilishi talabalarga masofadan ta’lim berishning yuqori sifatda amalga oshirilishini ta’minlab bermoqda. Shu bilan birga bu platforma orqali boshqa yo‘nalishlarda ham natijaga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Xususan, Universitet tomonidan 2020-yilning noyabr oyidan 2021-yilning fevral oyigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan umumta’lim maktablarining «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilari uchun masofadan onlayn tarzda maxsus kurslardan darslar tashkil etilib, ularning bilimlari baholandi.

Bugun universitetda talabalarning onlayn tizimda yoki oflayn tizimda o‘qitilishida farq kuzatilmaydi ta’lim sifati saqlanib qoladi.

Hozirda, talabalar oraliq imtihonlarni universitetga kelib an’anaviy tarzda topshirishlari rejalashtirilgan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring