Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida yo‘llar quriladi va kengaytiriladi (to‘liq ro‘yxat)

Toshkent shahrida yo‘llar quriladi va kengaytiriladi (to‘liq ro‘yxat)

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish va yangi yo‘llar qurishga oid topshirig‘iga asosan, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va «Kalyon ulastirma» kompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagi uch bosqichda ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 3 ta ko‘chalarda tez muddatda yangi o‘tish joylarini ochish va yo‘lni kengaytirish ishlari amalga oshiriladi.

Bular:          

1) Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichdan tushgandan so‘ng, Zulfiyaxonim ko‘chasiga o‘tish uchun asosiy qatnov qismidan mahalliy yo‘lga yangi o‘tish joyini ochish;

2) Toshkent xalqa avtomobil yo‘lining 11-kilometrida (To‘sin bozor qarshisida) 250 metr masofada yo‘lni kengaytirish;

3) Al-Xorazmiy – Katta Qa’ni ko‘chalari chorrahasida aylanma harakatni tashkil etish;

Ikkinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 3 ta ko‘chalarning transport o‘tkazish qobiliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Bular:

  1. Choshtepa – Yangi Sergeli ko‘chalari kesishmasida o‘tkazuvchanlikni oshirish maqsadida, kesishmani kengaytirish (parametrlarini o‘zgartirish);
  2. Toshkent xalqa avtomobil yo‘li – Samarbonu ko‘chalari kesishmasida mahalliy yo‘lni kengaytirish hisobiga o‘tkazuvchanlikni oshirish;

3. Mustaqillik – Parkent ko‘chalari kesishmasida yashil hudud hisobidan yangi yo‘l ochish rejalashtirilgan.

Uchinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 6 ta ko‘chalarda transport oqimi o‘rganilib, tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bular:

  1. Yunusobod tumanidagi Qoraqamish ko‘chasini Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bilan bog‘lash uchun yangi yo‘l qurish;
  2. Muqumiy – Lutfiy – Seul – Nurafshon ko‘chalari kesishmasi parametrlarini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘tkazuvchanlikni oshirish;
  3. Toshkent halqa avtomobil yo‘li – Amir Temur ko‘chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazuvchanlikni oshirish;
  4. Shota Rustaveli – Mirobod – Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazuvchanlikni oshirish.
  5. Kichik halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab «CRAFERS» korxonasi qarshisida yangi qayrilib olish joyini ochish;
  6. Seul – Novza – Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida kanal ustidagi ko‘prikni kengaytirish hisobiga kesishma o‘tkazuvchanligini oshirish rejalashtirilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring