Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida sovuq suv narxi oshiriladi

Toshkent shahrida sovuq suv narxi oshiriladi

Foto: «Asr.uz»

Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 29-yanvardagi deklaratsiyasi bilan «Suvsoz» davlat unitar korxonasi joriy yilning 14-fevral kunidan sovuq suv uchun narxlarni oshiradi. Bu haqda korxona saytida xabar berildi.

Toshkent aholisi uchun bir kub metr sovuq suv narxi 190 so‘mdan 195 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari esa 155 so‘mdan 162 so‘mga oshiriladi.

Hisoblagich bo‘yicha to‘lov amalga oshirishda markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega ko‘p qavatli uylarda 1 metr kub narxi 625 so‘m (hozir — 500 so‘m), markazlashgan issiq suv ta’minotisiz — 460 so‘m (hozir — 395 so‘m).

Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bo‘lganda bir kub metr suv narxi 345 so‘mdan 460 so‘mga, kanalizatsiyasiz uylarniki 190 so‘mdan 295 so‘mga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar sovuq suv narxlari 2017-yilning 21-iyulida oshirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring