Toshkent shahar YHXB boshlig‘i ishdan olindi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) boshlig‘i, polkovnik Barat Mamenov ishdan ketdi.
Shuningdek, Toshkent shahar YHXB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ma’ruf Hamroyev ham lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga YHXB Tashkiliy tahlil va nazorat profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i Aziz Sadirov tayinlangan.
«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Bekmurod Abdullayev Toshkent shahar YHXB boshlig‘i etib tayinlanishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlar Toshkent shahar IIBB tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Shuningdek, rahbariyatdagi o‘zgarishlarga nima sabab bo‘lgani ham ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter