Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB sovuqda uysiz qolganlar haqida xabar berishni so‘ramoqda

Toshkent shahar IIBB sovuqda uysiz qolganlar haqida xabar berishni so‘ramoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB kunlar sovub ketishi bilan ko‘chada qiynalayotgan uysizlar bo‘yicha yangi tashabbus bilan chiqdi. Unga ko‘ra, fuqarolardan yordamga muhtojlar haqida xabar berish so‘ralgan. 

«Kunlar sovib ketdi, bunday haroratda uysiz qolgan inson ko‘chada halok bo‘lishi hech gap emas. Bu kabi hollarni oldini olish maqsadida, Toshkent shahar IIBB profilaktika inspektorlari va ularning hamkasblari shu kunlarda, ayniqsa tungi vaqtda uysiz qolgan insonlar qo‘nim topishi mumkin bo‘lgan joylarni tekshirib yurishadi. Ular odatda cherdak va yerto‘lalarda, tashlandiq qurilishlarda joylashishadi. Xodimlar topilgan barcha uysizlarni Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi qoshida tashkil etilgan turargohga taklif qilishadi.

Kimdir darhol xizmat avtomobiliga o‘tiradi, kimlarnidir esa xodimlar ularga yaxshilikni ravo ko‘rishlariga va boshpana berishlariga ishontirishga to‘g‘ri keladi. Markazda uysizlar shifokor ko‘rigidan o‘tadilar, zarur bo‘lganda ularga tibbiy yordam ko‘rsatiladi, toza kiyim, issiq ovqat berishadi. Ko‘plab uysizlar uchun IIBB xodimining kelishi xursandchilikka aylangan. Masalan, 25-noyabr kuni profilaktika inspektorlari tomonidan Reabilitatsiya markaziga 28 kishi olib kelindi, kecha, 26-noyabr kuni esa – yana 24 kishi poytaxt IIBB xodimlari tomonidan qutqarildilar.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Yordam berishga tayyor insonlar bo‘lmasa, uysiz qolgan shaxslar halok bo‘lishadi. Ularni birgalikda qutqaraylik! Buning uchun ko‘p ish qilish shart emas: 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib uysiz qolgan kishi haqida xabar bering. Iloji boricha uning qayerdaligini aniqroq ma’lum qiling. Markazda joylashgan kishilar ustki va oyoq kiyimlarga, gigiyena vositalariga muhtojdirlar. Fuqarolarimiz yordamidan xursand bo‘lamiz» deyiladi IIBB xabarida.

Kimga va qaysi raqamga murojaat qilish xabarda to‘liq bayon etilgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining so‘nggi haftalarida O‘zbekistonda qattiq sovuq tushib, harorat kechasi -15 darajagacha tushib ketdi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring