Toshkent shahar IIBB erkaklarni fohishalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi
Toshkent shahar IIBB fuqarolarga fohishalar xizmatidan foydalanmaslik borasida murojaat bilan chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chilonzor tumani 18 dahasida yashovchi fuqarolardan OAVga qilingan shikoyat asosida 29-noyabr kuni to‘rt nafar, 30-noyabr kuni ikki nafar qiz ushlangan. Fuqarolar ko‘chadagi shovqin va fohishalar yuzasidan arz qilishgan. Qoidabuzarlarga Ma’muriy kodeksning 190 va 194 moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
«Yurtimiz erkaklarini bunday xizmatdan foydalanmaslikka chaqiramiz, chunki talab bor ekan taklif ham doim bo‘ladi. Salomatlik, xavfsizlik, samimiy his-tuyg‘ular, muhabbat va oilani tanlang.
Toshkentning Chilonzor va boshqa tumanlari aholisini ishontirib aytamizki, tekshirish shu rejimda davom etadi» deyiladi IIBB xabarida.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 65 nafar qiz hisobga qo‘yildi, yana 826 qizga Ma’muriy kodeksning 190-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter