Toshkentni «XXI asr shahri»ga aylantirish uchun yana bir taniqli tadbirkor jalb etildi
Toshkent shahar hokimligi huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi. Jamoatchilik kengashi raisi etib taniqli tadbirkor Hikmat Abdurahmonov tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Jamoatchilik kengashi Toshkent shahrini rivojlantirish, uni «XXI asr shahri»ga aylantirish, so‘nggi texnologik yutuqlarni joriy etish, shahar boshqaruvi shaffofligini ta’minlash, poytaxt aholisi va mehmonlariga qulayliklar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va ularni joriy etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Obod mahalla dasturi»ni sifatli to‘liq ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.
Jamoatchilik kengashi faoliyatida tashabbuskor, katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz hamda poytaxtimiz mehmonlari qatnashishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi Jamoatchilik kengashi faoliyatida qatnashish uchun takliflarni Jamoatchilik kengashi raisi H.Abdurahmonov elektron manziliga ([email protected]) yuborish mumkinligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter