Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi markaz xodimi qo‘lga tushdi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi markaz xodimi qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Toshkent shahri va qator viloyatlarda noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK xodimi o‘zining 3 nafar jinoiy sherigi bilan kelishgan holda, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan va Toshkent tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 30 sotix yer maydonini ko‘p qavatli turar-joy barpo etish uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ajratib berilishini va’da qilib, evaziga qurilish firmasi rahbaridan 420 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Ular so‘ralgan pul mablag‘idan 42 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Urgut tumanida yashovchi, 1997 va 1998 y.t. 2 nafar fuqaro o‘zganing nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligiga tegishli 50 sotix suvli yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan xaridorga 65 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtlarida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring