Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
![Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/5/8/720_460_95_589729643.jpg)
Bugun 14-may kuni Hotambek Shakirov Toshkent shahar hokimining tadbirkorlik va iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida aytilmoqda.
Hotambek Shakirov shu vaqtga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Kuni kecha Alimardon Qarshiyev Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari, Shuhrat Turdiqulov esa Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari etib tayinlangani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter