Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Umarova Nodira Nigmatullayevna boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilingan.
Shahnoza Sultanova 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Ko‘p yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator mas’uliyatli lavozimlarni egallab kelgan.
Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
Avval Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter