Toshkent metrosida o‘zini poyezd yo‘liga tashlagan ayol haqida ma’lumot berildi
28-dekabr kuni soat 21:23da Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» nomli bekatida 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. o‘zini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yo‘liga yotib olgan. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik bo‘limining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olingan. Fuqaro B.I. jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqilgan.
B.I. depressiya holatida bo‘lganligi va o‘zining nojo‘ya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etganligi qayd etilgan. Ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter