24 may kuni ertalab soat 08:52da Toshkent metrosida harakatlanayotgan poyezd texnik sabablarga ko‘ra Hamid Olimjon bekatida to‘xtagan.
Bu voqea haydovchi tomonidan poyezd nosozligini aniqlanishi munosabati bilan sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Toshkent» metropoliteni UK.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, yo‘lovchilar tushirildi va poyezd zaxiraga «Paxtakor» stansiyasining berk qismiga jo‘natildi. Yo‘nalish bo‘yicha orqadan kelayotgan poyezd yo‘lovchilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanishni davom ettirgan.
Metro ma’muriyati ushbu voqea sabab uzr so‘ragan.
Avvalroq, metroda poyezdlar bir tomonlama harakatlanib, «Amir Temur xiyoboni» barcha yo‘lovchilar poyezdlardan tushirilgani xabar
berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter