Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar bir necha kunga yopiladi

Yoshlar uchun «Toshkentda besh tashabbus» tadbirlari o‘tkazilishi munosabat bilan joriy yilning 21 may kunidan 25 may kuniga qadar soat 06:00 dan 00:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:
- Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
- Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter