Toshkent markazidagi bir necha ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda 29-apreldan 3-maygacha Gullar festivali bo‘lib o‘tishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasining «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasining nazorat-o‘tkazish punkti va Matbuotchilar ko‘chasi o‘rtasidagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari orasidagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi bilan kesishgan joyidan yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter