Toshkent ko‘chalari uchun Xitoydan yana mingta avtobus keltirilishi mumkin

Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Yutong Bus kompaniyasi (Xitoy) xalqaro marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Syuy Pen uchrashuvida O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, harakat tarkiblarini yangilash borasida qilinadigan ishlar muhokama etildi.
Jumladan, tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish loyihasini amalga oshirishning hozirgi holatini, shuningdek, Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashgan. Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan elektrobuslarni sotib olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq jihatlar atroflicha muhokama etildi.
Transport vaziri O‘zbekistonda foydalanilayotgan Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zaruryati haqida ham to‘xtalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter