Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari jangovar shaylik holatiga keltirildi
Bugun, 11-iyun kuni tongda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan okrug qo‘shinlari yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining navbatdagi harbiy o‘quvlari harbiy okrug hududida bo‘lib o‘tadi. Taktik harakatlar Mudofaa vazirligi poligonlarida o‘tkazilib, u yerda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagihududiy boshqarma va bo‘linmalari bilan hamkorlikda jangovar vazifalar bajariladi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida qo‘shinlarni turli yo‘nalishlarga tashlash ko‘zda tutilgan. Maxsus bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi yordamida tashlanadi. Qolgan bo‘linmalar esa avtomobil va zirhli texnikalarda katta masofalarga marsh uyushtiradi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati mamlakat fuqarolaridan kolonnalarning harakatiga xalaqit bermaslikni va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘rab qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter