Toshkent farmatsevtika instituti rektori vafot etdi
![Toshkent farmatsevtika instituti rektori vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1557101847.jpg)
Toshkent farmatsevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ibrohim Olimjonov 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev xabar berdi.
I.Olimjonov 1959-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) institutini tamomlab, Andijon shahri 2-bolalar shifoxonasi vrach interni, ordinatori, davolash ishlari bo‘yicha vrach o‘rinbosari, keyinchalik Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra assistenti, dotsenti va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2012—2018-yillarda Toshkent farmatsevtika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va rektori lavozimida ishlagan. I.Olimjonov 2018-yildan buyon mazkur institut rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter