Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent cityʼda 9 qavatli uyning tomi yonib ketdi

Toshkent cityʼda 9 qavatli uyning tomi yonib ketdi

Shayxontohur tumanida joylashgan Toshkent city hududida, ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxt FVB hodisa tafsilotlarini e’lon qildi

23 yanvar kuni soat 19:49 da  Toshkent shahar, Toshkent city hududida joylashgan, 9 qavatli uyning tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 19:53 da yetib borib, yong‘in qurshab olindi, soat 20:05 esa hodisa bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring