Toshkent — birinchi, keyingi o‘rinda...
2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Toshkentda 14 302 ta yangi korxona tashkil qilingan. Bu o‘tgan yilning muvofiq davriga nisbatan 114,7 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlarida so‘z boradi.
Reytingda ikkinchi o‘rin Samarqand viloyatiga tegishli bo‘lib, u yerda 9 400 ta yangi korxona ta’sis etilgan.
O‘zbekiston bo‘yicha 2021-yil yanvar-oktyabr oylarida jami 87,2 mingta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. 2020-yilning muvofiq davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 7 606 birlikka oshgan, o‘sish esa 109,6 foizni tashkil qilgan.
2021-yilning 1-noyabr holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning soni 77 514 taga oshgan. 2020-yilning muvofiq davri bilan taqqoslansa (462 584 ta), o‘sish sur’atlari 116,8 foizdan iborat.
Hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham poytaxt yetakchilik qilmoqda: 108 208 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 115,2 foizni tashkil qilmoqda.
2021 yil yanvar-oktyabr oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari soni bo‘yicha ham poytaxt birinchi o‘rinda. Toshkentda 13 730 ta xususiy kompaniyalar tashkil qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘p.
Sohalar kesimida, o‘tgan yilga nisbatan, savdo sohasi eng yuqori darajani namoyon qildi – o‘sish 2 994 taga oshgan. Bundan so‘ng yashash va ovqatlanish xizmatlari – o‘sish 1 121 taga, aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha xizmatlarda esa o‘sish 601 tani tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter