Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent bilan yuz yil ortga qaytamiz (fotoreportaj)

Toshkent bilan yuz yil ortga qaytamiz (fotoreportaj)

Sizga kimdir roppa-rosa ellik-yuz yildan keyin, Toshkentni qanaqa tassavur qilasiz deb so‘rasa qanday javob berardingiz? Biror narsa deyish qiyin. To‘g‘rimi? Sababi bugungi texnika asrida, ayni vaqtda eng yaxshi smartfon, mashina yoki osmono‘par bino ertaga o‘rnini undan ham mukammalrog‘iga, undan ham yaxshirog‘iga bo‘shatib beradi. Ha, zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda.

Mayli kelajakni qo‘ya turaylik. Ammo, sizda Xabar.uz bilan o‘tgan asrga qaytish imkoni bor. Bugun siz ko‘rib turgan baland binolar, tekis yo‘llar, o‘rnida bundan, 50-100 yil oldin nimalar bo‘lganligi sizga ham qiziqmi ? Unda maqolani oxirigacha o‘qing.

1966 -yil, tonggi Toshkent. Fotojurnalist Lev Sherstennikov.

Mo‘ylovli mashhur transport nazoratchisi. U haqida juda ko‘p qiziqarli hikoyalar bo‘lgan. Ertalab suv sepilgan yo‘lda, 23 raqamli avtobus Chilonzordan poytaxt markaziga, uchta «Volga» va bitta «Moskvich» harakatlanib ketmoqda.

1981-yil, Toshkent. «O‘zbekiston» mehmonxonasi.

Maydondagi aylana yo‘lning torligi va undan kesib o‘tayotgan piyoda.

Xadra maydoni, Fotograf Yevgeniy Sklyarevskiy.

«Chorsu» bozori hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kelishi uchun qurilish ishlari olib borilayotgan yillar.

Ippodrom tomonga harakatlanayotgan tramvay odamlarga to‘la holda bekatga kelmoqda. Bunyodkor shohko‘chasi. Fotosurat Yaponiya fuqarosi Akitoshi tomonidan olingan.

«Ogonyok» jurnalining 43-soniga olingan surat. Toshkent shahridagi Inqilob maydoni

1978-yil. Toshkent teleminorasi qurilish jarayoni. Hozir ham Toshkent teleminorasi 40 yildan beri, keng qamrovli poytaxt chekkasidan ko‘rinib turadi. Bir necha yil oldin unga o‘rnatilgan 250 ta yorug‘lik chiroqlari tufayli minora tunda oltin nur taratadi.
Hozirgi Toshkent xalqaro aeroportining o‘tgan asrdagi ko‘rinishi.

Ha, bu rasmlarni ko‘rgan odam o‘zgacha nostalgiyani his qiladi. Zamon, vaqt shiddat bilan o‘zgarganini farqlash qiyin emas. Kim biladi deysiz? Balkim, yana yuz yildan keyin, biz yashab turgan zamon ham kelajak avlod uchun nostalgiyaga aylanib qolar. Nima bo‘lganda ham hammasini vaqt ko‘rsatadi.

Javohir Aliqulov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring