Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent aeroportiga olib boruvchi ko‘prik vaqtincha yopiladi

Toshkent aeroportiga olib boruvchi ko‘prik vaqtincha yopiladi

Foto: Xabar.uz

Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, ushbu yo‘l o‘tkazgich bugun, 2 iyul soat 17:00 dan 3 iyul 06:00 ga qadar avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Bu vaqt oralig‘ida avtomobillar aeroportga Sergeli yo‘nalishidan «Fayzli Toshkent» ko‘chasi va TXAY orqali, Mirobod tumanidan Haydar Aliyev, «Temiryo‘lchilar» va «Uchuvchilar» ko‘chalari orqali kelishlari mumkin.

«Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Haydovchilarga boshqa yondosh ko‘chalardan harakatlanishlarini tavsiya qilamiz», deyiladi Transport vazirligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring