Toshkent aeroporti normal rejimda ishlamoqda

Ayni vaqtda Andijon, Samarqand, Nukus va Urganch aeroportlarida elektr ta’minoti tiklandi, deya xabar bermoqda «Uzbekistan airports» AJ axborot xizmati.
Farg‘ona aeroportiga qisman elektr energiyasi yetkazib berildi. «Navoiy» aeroportida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmagan. Hududlardagi qolgan aeroportlar generatorlar yordamida ishlaydi.
Toshkent aeroporti normal rejimda ishlamoqda. Hozirda yo‘lovchilar quyidagi reyslarga ro‘yxatga olinmoqda:
- KC 128d Toshkent - Olmaota
- HY 3601 Toshkent - Moskva
- HY 3631 Toshkent - Sankt-Peterburg
- HY 9687 Toshkent - Krasnodar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter